Markaz haqida
Bizning tariximiz, ma’muriyatimiz va jamoamiz bilan tanishing.
- Jami statsionar o‘rinlar
- 130
- Tashkil topgan yil
- 2017
- Dengiz sathidan balandlik
- 1500+ m
- Malakali shifokorlar
- 6 nafar

Markaz haqida
Nafas yo‘llari va o‘pka xastaliklarini davolash hamda reabilitatsiya
Farg‘ona viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi Shoximardon filiali (Viloyat pulmonologiya shifoxonasi Shoximardon) — o‘pka va nafas yo‘llari xastaliklariga chalingan bolalar va kattalarga yuqori malakali statsionar va ambulator yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan tibbiyot muassasasidir.
O‘ziga xos jihatlarimiz va ustunliklarimiz:
- Noyob tog‘ mikroiqlimi: Muassasa dengiz sathidan 1500 metrdan ziyod balandlikda joylashgan bo‘lib, archazorlar bilan o‘ralgan musaffo havosi nafas a'zolari faoliyatini tabiiy yo‘l bilan tiklashga xizmat qiladi (aeroterapiya).
- 130 o‘rinli statsionar quvvat:
- 1-bo‘lim (Terapiya): 45 o‘rin
- 2-bo‘lim (Bolalar bo‘limi): 45 o‘rin
- 3-bo‘lim (Terapiya): 40 o‘rin
- Zamonaviy diagnostika: 2025-yilda o‘rnatilgan yangi raqamli rentgen apparati va klinik laboratoriya tekshiruvlari.
- Tajribali shifokorlar: O‘rtacha 25–40 yillik tajribaga ega, Andijon davlat tibbiyot instituti va Osiyo Pediatriya instituti bitiruvchilari.
- 24/7 tibbiy nazorat: Kechqurun va dam olish kunlarida ham uzluksiz navbatchilik asosida xizmat ko‘rsatiladi.
Muassasa bo‘limlari
Markazni yanada yaqinroq taning
Tarix, rahbariyat va jamoamizga qo‘shilish imkoniyatlari.
Karyera
Barchasini ko‘rish