Viloyat pulmonologiya shifoxonasi Shoximardon filialida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 2025-yilda eng so‘nggi rusumdagi raqamli rentgen apparati o‘rnatildi va to‘liq foydalanishga topshirildi.
Ushbu uskuna yordamida nafas olish a'zolari, o‘pka patologiyalari va ko‘krak qafasi xastaliklarini o‘ta yuqori aniqlikda, minimal nurlanish darajasi bilan erta aniqlash imkoni yaratildi. Shifoxonamizda davolanayotgan bemorlar hamda qishlog‘imiz aholisi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.


